Insoniyat tarixi million yillarga borib taqaladi va u doimo rivojlanishda. Zero, inson qo`li bilan yaratilgan barcha kashfiyotlar insoniyat turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan.
Zamonlar o`tishi bilan fan-texnikada katta o`zgarishlar bo`layotganligi hozirgi vaqtda har qadamda ko`zga tashlanmoqda. Bir paytlar mo`jiza bo`lib ko`ringan narsalar, hozirda kundalik ehtiyojga aylanib qolganligining guvohimiz. Bunda fizika fani va uning tarkibida rivojlanib kelayotgan elektronika va mikroelektronika fanining hissasi katta bo`lib, bu oxirgi paytlarda yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bundan tashqari barcha zamonaviy texnologiyalar asosini elektron va mikroelektron asboblar tashkil etadi.