O’quv-uslubiy qo’llanma ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismi 1918-1939 yillardagi dunyo davlatlari tarixi va ikkinchi jahon urushi davri tarixini o’z ichiga oladi. o’quv-uslubiy qo’llanma Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan. O’quv-uslubiy qo’llanmani yaratishda G. Hidoyatovning o’rta maktablar uchun nashr etilgan darsliklari, shuningdek, M. Lafasov hamda U. Jo’rayevlarning hammualliflikda yaratgan darsliklari asos qilib olindi.