"Ilmiy izlanishning natijasi har bir ilmiy ish qilayotgan tadqiqotchi uchun juda muhim hisoblanadi. Bu esa o`z navbatida bir qancha mas`uliyatlarni yuklaydi. Chunki qilinayotgan har bir ishga jiddiy yondashilmasa va aniq maqsadlar sari intilmas ekan bunday ishdan natija chiqishi juda qiyindir. Demak ilmiy izlanish natijasini aniq maqsadlar sari yo`naltirgan holda, ilmiy rahbarim o`qituvchi Sherzod Normo’minovning ilmiy maslahatlari, ko`rsatmalari va amaliy yordami natijasi o`laroq ilmiy izlanishim oldiga quyidagilarni maqsad qilib qo`ydim:
- Ilmiy izlanish mavzusini atroflicha yoritish;
- O`zimning ilmiy salohiyatimni yanada oshirish;
- Fe’l so’z turkumini o`rganadigan talabalarga ilmiy tomondan yordam bera oladigan ilmiy ommabob qo’llanma tuzishga asos yaratish;
"