Jahon tarixi fanini o`rganishda Jahon mamlakatlari xalqlarining san`ati tarixiga bevosita murojat etamiz. Insoniyat tarixi madaniyati va san’atining rang-barangli,bir necha ming yillik o’tmishi bilan kishini o’ziga jalb etadi. Uzoq o`tmishdanoq turli diniy qarashlarga turlicha ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yashagan turli xalqlar o`ziga xos madaniyat va san’at durdonalarini yaratib bizgacha yetkazib qoldirishgan.Jahon san’ati tarixini o’rganar ekanmiz buning yaqqol dalillariga guvoh bo`lamiz. Jahon madaniyati va san’ati taraqqiyotiga o’zbek xalqi ham munosib hissa qo`shgan. Mamlakatimizda mavjud san’at durdonalari jahon olimlari tomonidan nihoyatda yuqori baholangan.