Radiobiologiya - ionlovchi nurlarning biologik mavjudotlarga ta`sir mexanizmlari va qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir. Bu fan yadro nurlarini tibbiyotda, qishloq xo`jaligida va biosanoatda qo`llashning poydevori hisoblanadi. Radiobiologiyada ionlovchi nurlardan foydalanish, zararli ta`sirdan saqlanish nazariyasini ishlab chiqishda alohida o`rin tutadi.