Har qanday muhandislik inshooti o’zining turg`unlik holatini uzoq yillar davomida o`zgartirmay saqlashi, avvalo mustahkamlik va deformatsiya jihatidan zamin gruntlariga qo`yiladigan talablar bilan belgilanadi. Ushbu talablarni bajarilmasligi bilan bog’liq bo’lgan inshootning buzilishi, egilishi, buralishi cho`kishi va shunga o`xshash noxush holatlar haqida turmushdan ko`plab misollar keltirish mumkin.