Qo`llanmada V asrda (eramizdan avvalgi) dastgohli rangtasvirning paydo bo`lishi, G`arbiy Yevropa va Vizantiya traktatlari, rangtasvirda ishlatiladigan materiallar va texnologiyasi bo`yicha manbaalar, daraxtlardan olinadigan asoslar, turli xil materiallarning turlicha xususiyatlari to`qima matoli asoslar haqida keng, batafsil ma`lumotlar berilgan. Qo`llanmadagi har bir mavzular chet el ilmiy tadqiqotchilari tomonidan asoslangan ilmiy manbaalardan foydalanilgan holda yoritilgan.