Bizga ma`lumki mustaqillikni qo`lga kiritganimizdan so`ng, fanning barcha sohalariga juda katta e`tibor qaratildi. Xususan, tasviriy san`atni o`qitishga ham katta e`tibor qaratildi. Tasviriy san`at fanlari bo`yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda "Tasviriy san`at o`qitish metodikasi - san`at" fakultetida o`rganiladigan asosiy kurslardan biri bo`lib, u bo`lajak o`qituvchilarni amaliy mashg`ulotlarda metodik jihatdan tayyorgarligini takomillashtirishning muhim omilidir.