Lingvistik ta’limotning vujudga kelishi va rivojlanish jarayoni qariyb 3 ming yillik tarixni o`z ichiga olgan bo`lsada, til haqidagi fan faqat XIX-XX asrlardagina mustaqil fan sifatida shakllandi. Aniqrog`i, tilshunoslik O`rta Osiyoda XI-XV asrlarda, Yevropada esa XIX asrning boshlaridan boshqa fanlar qatorida mustaqil fan sifatida tan olindi.