Bitiruv malakaviy ish ma’lumotlar bazasi My SQL va dasturlash tili PHP yordamida “Kompyuter arxitekturasi” fanidan elektron darslik yaratishga bag`ishlangan. Bitiruv malakaviy ishida ma’lumotlar bazasi, PHP dasturlash tili va elektron darslik to’g’risida umumiy tushunchalar keltirilgan. Bitiruv malakaviy ishda elektron darsliklarning hozirgi kundagi holati, dars o’tishga elektron darsliklarning ta’siri haqida so’z borgan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishida kompyuterdan foydalanishda texnika xafvsizligi amal qilish haqida ham yoritilgan. Yaratilgan elektron darslikdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg’ona filialida foydalanilmoqda.