Bo`lajak ofitserlarni o`qitishda ularning oldiga qo`yilgan katta muammolarni amalga oshirishda, malakali kadrlarni tayyorlashni yaxshilashga muhim o`rin ajratiladi. Muhandislarni tayyorlash sohasida, deyarli harqanday harbiy mutaxassislikni egallash uchun muhandislik grafikasini bilish asosiy jihatini tashkil etadi. Oliy harbiy ta’lim muassasalarida (OHTMda) kursantlarni muhandislik grafikasiga o`qitishni sifatiga talab qo`yilishi, kursantlarni tanlagan mutaxassislikka jiddiy tayyorlash imkonini beradi.