Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Alisher Navoiyning "Sittai zaruriya" qasidalar turkumini ilohiy-islomiy va adabiy manbalar bilan qiyosan o’rganish, vahdat ul-vujud ta’limotining asosiy masalasi Zot-sifat, Alloh-olam, Alloh - inson munosabatlari aks etgan talqinlarni keng g’oyaviy-badiiy tahlil qilish, teran ilmiy yoritish tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida tanlandi.