Bitiruvchi Numonova Nargizaning bitiruv malakaviy ishi Namangan viloyatida tarqalgan yong’oqlarning turlari va bioekologiyasini o’rganishga bag’ishlangan. O’simliklar, shu jumladan xalq xo’jaligi uchun axamiyatli navlarni yaratishda seleksionerlar ularning xo`jalikka foydali belgilarini yaxshilashga harakat qiladilar. O’simlik maxsulotlarini ko`paytirish va ularning sifatini yaxshilash, o’simliklarning kasalliklarga chidamligini oshirish va nasliligini mustaxkamlash seleksioner o’simlikshunoslarimiz oldida turgan muxim vazifadir. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish, belgilarning bioekologik qonuniyatlarini bilishga bog`liqdir.