Respublikamizda qurilish ishlarini yanada rivojlantirish eng avvalo qurilish korxonalari ishlab chiqarish quwatlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, fan-texnika yutuqlari asosida an texnika va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shu sababli bugungi kunning o`ta dolzarb muammolaridan biri sifatida qurilish korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish mexanizmlarini izlab topish, korxonalar asosiy fondlari tarkibini yangi va zamonaviy texnikalar bilan to`ldirish hisobiga samaradorligi yuqori bo`lgan texnologiyalarni joriy etish vazifasi turadi.