ΧΧI asr shifokorlari qo`lida turli xil kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolash uchun minglab preparatlar mavjud bo`lib, ularning aksariyatini yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi, yurak-qon tomir tizimiga, MNT-siga ta`sir etuvchi hamda mikroblarga qarshi kimyoterapevtik preparatlar tashkil qiladi.