Suv ta`minoti iqtisodiy rivojlanish va sog‗liqni saqlashning asosiy omillaridan biridir. Yer sharida taxminan 1,5 milliard kilometr kub suv mavjud bo‗lib, shundan 98 foizi okeanlardagi ichishga yaroqsiz bo‗lgan sho‗r suvlar. Faqat 2 foizgina suv ichishga yaroqli hisoblanadi. Sayyoramizda 400 million kilometr kub yer osti suvlari mavjud bo‗lib, okean suvlarining 25% ga yaqinini tashkil qiladi. Respublikamizda ichimlik suvini asosiy qismini yer osti suvlari tashkil etadi.