Mustaqillik sharofati bilan o`zbek tili bugungi kunda yanada takomillashib bormoqda. Til va undagi hodisalar olimlar tomonidan sayqallanib, rivojlanib, ma’lum bir me’yorga solinib, kundan kunga lug`at tarkibi boyib bormoqda. Shunday ekan hozirgi o`zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo`lga kiritgan eng yangi yutuqlarni ona tilimiz tabiati nuqtayi nazaridan e’tiborga olmog`i lozim.