TCP/IP protokolining asosiy qulayliklari, ularning ko’p funksiyali va moslashuvchanligidir. Ushbu protocol 30 yildan buyon Internet tarmoqlari uchun asosiy protokol bo’lib, hozirgi kunda 500 miliondan ortiq abonentlarni o’zida jamlagan. Bu vaqt davomida TCP/IP oilasi bir tarafdan amaliy pog’onada qo’llaniluvchi protokollarga to’lgan bo’lsa(HTTP Hyper text transfer protocol, SMTP, FTP va boshqalar), boshqa tarafdan fizik, kanal va tarmoq pog’onalarida qo’llaniluvchi barcha zamonaviy protokollar bilan birgalikda ishlay olish qobiliyatini shakllantirib bordi(X.25 bilan ham).