O`quvchi-yoshlarda kitobga mehr uyg`otish, kitobning shaxs shaklla¬nishidagi, til o`rganishida, intellektual rivojlanishidagi ahamiyatini tushuntirish, kitob o`qish madaniyatini yanada yuksaltirishda fan o`qituvchilariga quyidagi tavsiyalar beriladi:
— sinflar kesimida o`quvchi-yoshlar orasida kitob o`qishga qiziqish muhitini yaratish;
— boshqa millat vakillarini o`zbek adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish orqali oilada, mahalla va jamoatchilik orasida kitob o`qishni umuminsoniy va milliy qadriyat sifatida shakllantirish, an’analarga hurmat tuyg`ularini rivojlantirish;
— o`quvchi-yoshlarning mutolaaga intilishini doimiy qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirib borish.
Avgust kengashlarida o`qituvchilarni DTSga kiritilgan yangiliklardan xabardor etish maqsadga muvofiq.