Qo’llanmada teatr san’atining adabiy asar, sahna ijodi, teatr tanqidchiligidan iborat uch tarkibiy qismi o’rin olgan. Qo’llanmada dramaturg shaxsi bog’lovchilik o’rniga ega: dramaturgning ijodiga tafsil, pyesalarning sahnaviy tarixi, rejissyor va ijrochilari haqida ma’lumotlar berilib, so’ng eng yirik pyesasidan parcha, u haqda san’atkorlar esdaliklari va matbuot sharxlari ilova qilinadi.