3D Studio MAX da ob’ektlarni qurish maydoni (viewport)da yaratasiz. Buning uchun siz kerakli asbobni tanlab, kursorni ko’rish maydoniga keltirganingizda kursor shakli uzgaradi. Sichqoncha yordamida ob’ektning o’lchovlarini berasiz. Yaratilgan ob’ektlarda kino effektlar yaratish uchun maxsus kamera va yoritgich asboblarini qo’llashingiz mumkin. Ob’ekt sirti uchun turli material tanlashingiz mumkin, ya’ni unga masalan shaffof yoki gadir-budir sirt berishingiz mumkin.