Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Zero, Strategiyada barcha sohalarni rivojlantirish bo`yicha qator vazifalar o`z ifodasini topgan. Aytish o`rinliki, Harakatlar strategiyasida aholi, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb qilish shu bilan birga yoshlar orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish bilan bog`liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olingan.