"Hozirgi vaqtda O`zbekistonning matbaachilik sanoati yuqori suratlar bilan rivojlanmoqda. O`zbekistoning matbaachilik tarmog`ida asosan iqtisodiyot real sektorining kichik va o`rta korxonalari faoliyat ko`rsatadi. Matbaachilikning rivojlanishi umumiy ishlab chiqarishning o`sishi va iste’molchilarning aniq mahsulotlarga bo`lgan ehtiyojlari kabi umumiqtisodiy omillar bilan aniqlanadi. Dunyoning turli davlatlarida matbaachilik sanoati narx ko`rinishida ifodalangan umumiy ishlab chiqarish hajmida sanoatda qayta ishlanadigan mahsulot hajmining 1-12% ini tashkil qiladi. Sanoati rivojlangan davlatlarda matbaachilik sanoatining hajmi yalpi ichik mahsulotning 0,5 dan 4% gacha bo`lgan qismini tashkil qiladi. SHu bilan bir vaqtda bu ulush rivojlanayotgan davlatlar bozorida 20% gacha darajada bo`lishi mumkin.
"