Xozirgi kunda rivojlanish pallasiga kirgan O’zbekistonda qishloq xo’jaligi, mashinasozlik, engil sanoat, kimyo sanoati kabi xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari orasida matbaa sanoatining ham ahamiyati ortib bormoqda. Chunki ishlab chiqarish va jamiyat qanchalik rivojlanib borgan sari uning matbaa sanoati mahsulotlariga bo’lgan talabi xam shunchalik ortib boradi. Matbaa sanoatining axborot bilan bog’liqligini xisobga olsak, uning kanday axamiyatga ega ekanligi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.