Mamlakatning siyosiy mustaqilligi, avvalambor, o’zining yaxlit hududiy daxlsiz chegarasiga egaligi va o’sha mamlakat roziligisiz chegara va hududni o’zgartirib bo’lmasligidir. Mamlakat mustaqilligi xalq xohish-irodasi - referendum orqali amalga oshiriladi. Bu mamlakat xalqining o’z vakillari orqali davlatni boshqarishini anglatadi. Mamlakat Prezidenti shu mamlakat xalqi hayoti, mamlakat taraqqiyoti uchun eng mas’ul yagona yuridik shaxs hisoblanadi. Bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olgan har qanday rahbar o’zining davlat dasturiga ega bo’lishi kerak. I.A.Karimov ana shunday dasturga ega. U respublika xalqining istiqloldan so’ng taqdirini belgilab beruvchi taraqqiyot yo’lini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab bera oldi.