Paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtani jarayondan jarayonga uzatishda ko’pincha havo oqimidan foydalaniladi. Bunda paxtani havodan ajratishda turli rusumdagi separatorlardan foydalaniladi. Separatsiyalash jarayonida chigitli paxtaning bir qismi to’rli yuzaga urilib, tolasi va chigiti shikastlanadi. Natijada, tola va chigitning narxi pasayadi. Shu bilan birga separatorlarning mavjud konstruktsiyalarida yana bir kamchilik – bu energiya sarfi kattaligidir.