Mazkur o`quv-uslubiy majmua bakalavriyat yo`nalishi: 5151600 – xalq ijodiyoti ta’lim yo`nalishi xalq cholg`ularini o`rganish fani uchun mo`ljallangan bo`lib, badiiy jamoalar uchun yuqori malakali rahbar tashkilotchilarni tayyorlashga xizmat qiladi. Badiiy jamoadagi cholg`ular, sozi, tuzilishi, diapozoni, tovush chiqarish madaniyati, ijrochilik tarixi, an’anasi, tajribalari o`zlashtiriladi. Sharq allomalarining musiqiy ta’lim va tarbiya sohasidagi fikrlari, asarlari, haqida so`z yuritiladi.