Mazkur o`quv uslubiy majmua 5151600 – “Xalq ijodiyoti” ta’lim yo`nalishi “Orkestr sinfi” fani uchun mo`ljallangan bo`lib, badiiy jamoalar uchun uyqori malakali tashkilotchilarni tayyorlashga xizmat qiladi. Maqsad talabalarni jamoa bo`lib ijro qilishga o`rgatish, xalq cholgulari orkestri repertuari, turli ish uslublari, dirijyorlik tajribasi va boshqa ijrochilik san’ati qoidalari bilan tanishtirish hamda amalda bajara olish malakalarini egallashdan iborat.
Orkestr sinfi fanini o`zlashtirgan talabalar orkestr ijrochiligi bo`yicha keng tasavvur, orkestr ijrochiligi va adabiyoti nazariyasini bilishi, yakkaxon va jamoaviy badiiy ijrochilik ko`nikmalari, sahna madaniyati, jamoa ishini tashkil etishni o`zlashtirishlari lozim.