Mazkur o`quv -uslubiy majmua bakalavriyat yo`nalishi: 5151600 – xalq ijodiyoti ta’lim yo`nalishi ko`hna cholg`ular ijrochiligi fani uchun mo`ljallangan bo`lib, badiiy jamoalar uchun yuqori malakali rahbar tashkilotchilarni tayyorlashga xizmat qiladi. Badiiy jamoalardagi o`zbek milliy cholg`ulari tarixi rivojlanishi, ijro uslublari, an’analari, ijrochilik maktablari va bugungi kundagi o`rni haqida ma’lumot beriladi. Cholg`ular, sozi, tuzilishi, diapozoni, tovush chiqarish madaniyati, ijrochilik tarixi, an’anasi, tajribalari hamda Sharq allomalarining musiqiy ta’lim va tarbiya sohasidagi fikrlari haqida so`z yuritiladi.