Ushbu magistrlik dessirtatsiya ishi yosh erkin kurashchilarning o’quv trenirovka mashg’ulotlarini samarali rejalashtirishga bag’ishlangan. Olib borilgan tadqiqot ishida Yosh erkin kurashchilarning yuqori natijalarga erishishlariga xizmat qiluvchi trenirovka jarayonining asosiy jihatlari yoritilgan, hamda zamonaviy o’quv trenirovka mashg`ulotlarini rejalashtirish jarayonida murabbiylar va pedagoglar amal qilishi lozim bo`lgan dolzarb masalalarga e’tibor qaratilib,mazkur dessertatsiya ishida sport kurashida faoliyat yuritayotgan mutaxasis murabbiylar va pedagoglar uchun olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asoslangan xolda o’quv trenirovka mashg’ulotlarini rejalashtirishga doir ko`rsatma, tavsiya va takliflar berilgan.