O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida ko`plab meyoriy hujjatlar qabul qilinib amaliyotga joriy etildi. Qabul qilinayotgan me`yoriy hujjatlarda asosiy subyektlardan biri sifatida murabbiyga e`tibor berilishi mazkur sohada murabbiylarning o`rni naqadar katta ekanligidan dalolat beradi. Shundan kelib chiqqan holda mazkur dissertatsiya ishi murabbiylar faoliyatini o`rganish va tahlil qilish masalalariga alohida e`tibor qaratgan.
Dissertatsiya ishida shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda murabbbiy faoliyatini pedagogik o’rganish, hamda shogirtlarining erishgan yutuqlari, murabbiy kasbiy mahorati, mashg’ulot jarayoni hamda bo’lajak musobaqa va o’yin jarayoniga ruhiy jihatdan tayyorlash kabi mavzuning muhim jihatlari yoritilgan. Bundan tashqari, murabbiyning professional ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish metodikasi usullari va vositalari ko’rsatib o’tilgan.