Mazkur ma’ruzalar matnlar to’plami “Algebra va sonlar nazariyasi” dan pedagogika institutlari, universitetlari bakalavriat yo’naliishi bo’yicha “Matematika va informatika” bo’limida tahsil oladigan talabalar uchun yozilgan bo’lib, unda 20 soatga mo’ljallab 10 ta ma’ruza bayon etilgan. Bu ma’ruzalar bo’lajak bakalavrlarni matematika bo’yicha madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bo’lib, unda matematik mantiq elementlari, to’plamlar va munosabatlar, to’plam tushunchasiga ko’ra algebra hamda algebraik sistemalar keng yoritilgan. Bundan tashqari maktab matematika kursida o’rganiladigan haqiqiy sonlar to’plami tushunchasi kengaytirilib, kompleks sonlar maydoni tushunchasi kiritilgan.
To’plamda talabalarning mustaqil ta’lim mavzularini o’rganishlari uchun ko’pgina matnlarning batafsil yozilishiga e’tibor berilgan.