Ushbu uslubiy qo„llanma “Raqamli kontentlar uchun maxsus effektlar” deb nomlanib, unda kompyuter grafikasining maxsus effektlari, tarixiy jihatlari, kompyuter maxsus effektlari bilan ishlovchi zamonaviy audio-video montaj dasturlari, ularning imkoniyatlari, ishlash tamoyillari, murakkab ishlov berilgan video mahsulotni olishda ushbu dasturlarning imkoniyatlaridan foydalanish keltirib o„tilgan. Uslubiy qo„llanmada asosan o„zida ko„plab maxsus effektlarni qamrab olgan Adobe After Effects dasturi va video ma‟lumotlarni qayta ishlash jarayonida dastur effektlardan foydalanish bosqichlari qarab chiqiladi.