O`zbekiston Respublikasida “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy -nazariy asos bo`ldi. Bu qonunlarda o`quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o`quv tarbiya jarayoni sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shu bois ham kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko`zda tutilgan asosiy vazifalardan biri – shaxsga yo`naltirilgan uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni muntazam ravishda rivojlantirib borishdan iboratdir. Talim – jarayoni to`g`ridan - to`g`ri o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgandagina uning bilim olish, faol erkin va mustaqil fikrlash kabi ko`plab imkoniyatlari ro`yobga chiqadi.