KIRISH
Mustaqil respublikamizda ta’lim tarbiyani isloh qilish va uni rivojlantirish
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish asosida yoshlarga zamon
talablari darajasida mos keladigan bilimlar bilan birga o`quvchi yoshlar ongida
yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda ularning bilim
salohiyatini yuksaltirish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun mustaqilligimizning dastlabki
yillaridan boshlab ta’lim tarbiya sohasini tubdan isloh qilish natijasida to`plangan
tajribalar va bir qator xulosalar asosida amaldagi ta’lim tarbiya tizimini hozirgi
taraqqiyoti bilan kelgusidagi talablar darajasiga ko`tarish uni yanada
takomilashtirishga jiddiy e’tibor berish zarurligini anglagan holda ta’lim
O`zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sahasida ustuvor deb e’lon qilindi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O`zbekistonning ijtimoiy – iqtisodiy
rivojlantirishning eng ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisida “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada mustahkamlashdir” mavzusidagi ma’ruzasida qator vazifalar
shu jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, mazkur jarayonning
samaradorligini orttirish chora tadbirlari belgilangan.