O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirishga ilmiy -nazariy asos bo’ldi. Bu qonunlarda o’quvchilarni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, o’quv tarbiya jarayoni sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri etib belgilangan. Shu bois ham kadrlar tayyorlash miliy dasturida ko’zda tutilgan asosiy vazifalardan biri – shaxsga yo’naltirilgan uzluksiz ta’lim - tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni muntazam ravishda rivojlantirib borishdan iboratdir. Talim – jarayoni to’g’ridan - to’g’ri o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgandagina uning bilim olish, faol erkin va mustaqil fikrlash kabi ko’plab imkoniyatlari ro’yobga chiqadi.