Tabiat – bu butun jonli mavjudotlarning rivojlanishiga imkon yaratib beradigan asos va inson uchun hayot kechirish, uning moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi birlamchi manbadir. Inson tabiatning ajralmas bir qismi hisoblanadi, lekin u tabiatning boshqa elementlaridan о`zining aql-zakovati, ongliligi bilan ajralib turadi. Hayot jarayonlarini,
insonning atrof-muhit muammolarini о`ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan ekologiya hisoblanadi. Ekologiya sо`zini qisqacha qanday tushunsak bо`ladi? Ekologiya – bu uy, joy, Vatan, makon, degan ma’nolarni beradi.