Bu davr tasviriy san`at taraqqiyoti va xarakteri bevosita rus revolyutsion harakati bilan chambarchas bog`liqdir. Rassom va haykaltaroshlar o`z ijodlarida bevosita revolyutsion demokratlar V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubovlarning g`oyaviy-estetik prinsiplariga murojaat qildilar. San`atkorlar o`z ijodlarida xalq hayotining mohiyatini ochib berishga, xalqning buyuk qudratini kuylashga harakat qildilar. Inson huquqini paymol etuvchilarga qarshi isyon ko`tardilar, ijtimoiy tuzum kirdikorlarini fosh etdilar.