Mavzu bir tomonlama olib qaralganda e’tiborga molik emasdek tuyuladi. Lekin musiqa va raqs madaniyati, “shou-biznes” sohasida turli informatsiyalar yig’indisi tomonidan olib qaralganda uni tahlil qilish foydali. Chunki bugungi kunda yosh bastakorlar, rejissorlar, ashulachilar, raqqoslar, shou-biznes odamlari, madaniy sohaning rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar o’rtasida fikr almashish tushunchasi deyarli yo’q.