Dastlab, onomastika bo`yicha qaysi tilshunoslar ilmiy izlanishlar olib borganligi haqida qisqacha to`xtalib o`tsam: Tilshunos olimlar ham toponimika , antroponimika bilan shug`ullanmoqdalar. Bir qancha kishilar toponimlarni lingvistik jihatdan o`rgandilar, chunonchi, Sh .Qodirova Toshkent toponimiyasi, Z.Do`simov Shimoliy xorazm toponimlari,J Latipov Marg`ilon toponimiyasi,T Rahmatov Samarqand toponimiyasi,Y Xo`jamberdiyev Surxondaryo joy nomlari to`g`risida ilmiy ishlar olib bordilar.