Asrlar osha qo`ldan qo`ymay o`qib kelinayotgan mazkur asarda o`n besh yoshli kapitan – Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi. Jumladan, Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar, qullar savdosi bilan bog`liq ayanchli voqealar, turli xavf-xatarlarga qolgan kapitan Dik va sayohatchi do`stlari – xizmatchisi Gerkules, missis Ueldon va uning kichik o`g`li Jek, xayolparast olim Benedikt tog`aning boshidan kechirganlari sizni befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.