Xozirgi kunda iPhone dan tortib, Android gadjetlargacha turmush tarzimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Deloitte tadqiqot markazining ma’lum qilishicha, smartfon foydalanuvchisi kun davomida oʻrtacha 50 marotaba “aqlli telefon”iga nazar solar ekan. Ushbu jarayonni Respublikamizda ham kuzatish mumkin. Chunki xozirgi kunda axoli qatlamining barchasida: maktab oʻquvchilaridan tortib katta yoshgacha boʻlgan mobil operatorlar foydalanuvchilarida aqlli telefon va planshetlardan foydalanayotganligini guvoxi boʻlyapmiz. Shu bilan bir qatorda “aqlli” qurilmalaridan ta’lim olishda va masofaviy ta’lim tizimlarida foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Lekin Respublikamizdagi maktab va kollej yoshidagi “aqlli” qurilmalar egalari uchun milliy tilimizda turli bilim sohalari boʻyicha bilimlarni oʻzlashtirish imkoniyatlarini beruvchi dasturlarni kamligi koʻrishimiz mumkin.