Axborotni kompyuterda qayta ishlash kun sayin rivojlanmoqda va u jamiyatning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Shu bois, kompyuterda ma’lumotlarning saqlanishi va u bilan bog’liq bilimlarga ega bo’lishi muhim hisoblanadi.
Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatning rivojlanishi bilan ma’lumotlarning ortib borishi borgan sayin , ularni tartiblash , ulardan foydalanish, mukammalligini ta’minlash maqsadida , axborot texnologiyasi yangi bir tarmog’ini yaratilishiga zarurat tug’dirdi . Ya’ni ma’lumotlarni jamlash ularni qayta ishlash, izlash amallari, ulardan foydalanish usullari ma’lumotlar omborlari(MO) tushunchasining kitrilishiga asos bo’ldi.Ya’ni keng ma’noda ma’lumotlar ombori deganda real dunyoning konkret ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushunish mumkin.