Inson faoliyatining turli sohalarida axborot texnologiyalari va internet texnologiyalarini qo`llash avtomotlashtirilgan sistemalarda boshqarish, qabul qilinadigan yechimlar va ma’lumotlarni qayta ishlash sifatini oshiradi. Boshqaruvni qulay, takomillashgan usulini yaratadi va jahon axborot tizimlari bilan integratsiyalashishiga zamin yaratadi.
Korxona va tashkilotlarda, Oliy ta’lim muassasalarida mablag’ni tejash maqsadida bir server kompyuterga ixtiyoriy server operatsion tizimlarni o’rnatish va ular alohida-alohida tarmoq adreslar yordamida ishlashini taminlash maqsadida virtualizatsiya tizimi o’rnatilishi maqul yechim xisoblanadi.