Hozirda kunda respublikamizda jahon mashinalari bilan bemalol raqobatlasha oldigan bir necha turdagi mashinalar ishlab chiqilmoqda. Shu sababli respublikamizni barcha viloyatlarida ko‟plab avtosalonlar ish yuritmoqda. Bu salonlarda O‟zbekistonda ishlab chiqarilayotgan o‟nlab turdagi mashinalardan yuzlab miqdorda keltirilmoqda.
Bizning vazifamiz shu avtosalonlar uchun malumotlar bazasini yaratishdan iborat. Bu bazamizda bo‟lishi kerak shu salondagi barcha mashinalar haqidagi malumot. Biz shu orqali barcha malumotlarni bilib olishimiz va yangi mashina kelsa bazaga u haqidagi malumotlarni kiritish kerak. Avtomobil saloni GM O‟zbekiston bilan shartnoma asosida ishlaydi. Mijozlarga o‟z mashinalariga ega bo‟lish imkoniyatini yaratib beradi. Unda kuyidagi xizmatlar ko‟rsatiladi. Birinchi bo‟lib kirib kelgan mijozga mashinalar bilan tanishtiriladi. Ularning rusumlari, qulayliklari, narxi, imkoniyatlari va boshqalari ko‟rsatiladi. Mijoz mashinani tanlaganidan keyin u bilan shartnoma tuziladi.