Ushbu uslubiy qo’llanma “Analitik geometriya”ning asosiy bo’limlaridan “Fazoda to’g’ri chiziq va tekislik” bo’limidan “Mustaqil ta’lim” topshiriqlarini bajarish bo’yicha tegishli uslubiyat bayon etilgan. Har bir mavzuga doir bir nechta na’munaviy misollar to’la va mukammal yechib ko’rsatilgan, hamda har bir talabaga alohida variantda mustaqil ishlar berilgan.
Bu qo’llanma davlat ta’lim standartlari. oliy matematika bo’yicha “kompyuter injiniringi, dasturiy injiniringi, kasb ta’limi, telekommunikasi” yo’nalishlari o’quv ishchi dasturiga to’liq mos keladi. Undan boshqa o’quv yurti talabalari qo’shimcha adabiyot sifatida foydalanishlari mumkin.