Bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishi paxta tozalash
korxonalarining ishlab chiqarish jarayonini, texnologik jarayonning stoxastik va
noaniqligini hisobga olgan holda noravshan mantiq va graflar nazariyasi asosida
modellashtirish va shakllantirishning yagona metodikasini ishlab chiqishni o`z
ichiga oladi.
Asosiy tadqiqot usullari avtomatik va avtomatlashgan
boshqaruv nazariyasi usullari hisoblanadi. Murakkab texnologik jarayonlar va
tizimlarning matematik modellari va optimizatsiyasi sifatida, tizimli yondashuv
talablarini qanoatlantiruvchi optimal boshqaruvning stoxastik modelidan
foydalaniladi.