O’zbek sahna raqs liboslarini tizimlashtirishdan asosiy maqsad, har bir vohaning kelib chiqish tarixi va ularning har bir vohaga xos bo’lgan raqs turlarini o’rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan bir hisoblanadi. Sahna raqs liboslarini turlarga va hududlarga bo’lib o’rganar ekanmiz, sahna talablarini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. O’zbek sahna raqs liboslarida asosiy talablar, raqqos va raqqosalarning musiqa ohangiga mos raqsga tushishi, ularning raqsga mos liboslari sahna va kuy talablariga mos kelishi lozim.