Har bir inson, har bir xalq o`z ma’naviy ehtiyojlarini, kechinmalarini, g`oya va maqsadlarini so`z orqali ifoda etadi. Zero, so`z buyuk qudratga ega. Ana shu qudratga ishonganlar adabiyot deb atalmish katta maydonga chiqib, so`zlashga jazm etadilar. Aynan adabiyot so`z vositasida inson ma’naviyatining go`zal qirralarini namoyon etadi, uni yanada yuksaklikka, kamolotga undaydi. Insoniyat tarixi ana shu fikrni mudom tasdiqlab turibdi