Ta’lim – tarbiyaga yetarlicha e’tibor bermagan mamlakatning kelajagi qanday ravnaq topishini aytish qiyin. Binobarin, har bir davlat o’z taraqqiyotiga taьlim – tarbiya sohasida o’zi belgilagan maqsadlar va ko’zlagan rejalar bilan bog’langan vazifalarga tayanadi. Davlatimiz taraqqiyotining muhim shartlaridan biri mukammal kadrlar tayyorlash tizimini ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan bog’liq. SHu asosda taьlim tizimi yanada mukammallashib boryapti. XXI asr ilg’or texnologiyalar asri hisoblanadi. Ilg’or texnologiyalarni fan va texnikaning yutuqlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.